"Barselona"da inqilob: jamoani 15 dan oshiq futbolchi tark etishi mumkin
23 may 2021 01:55
Yangiliklar
"Barselona"da inqilob: jamoani 15 dan oshiq futbolchi tark etishi mumkin
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoada katta o'zgarishlar bo'lishini malum qildi, deydi jurnalist Gilem Balage.
Unga ko'ra, yozda "ko'k-anorranglilar"dan 15 tadan ko'p o'yinchi ketishi mumkin. Ular orasida Jerar Pike, Jordi Alba, Serxio Buskets, Ansu Fati va Mark-Andre ter SHtegen bor.
Ayniqsa, Kataloniya klubi boshlig'i Pikening holatidan norozi, chunki uning o'yinida pasayish kuzatilgan, yana u eng yuqori maoshga ega. Laporta 34 yoshli ispaniyalikning ketishi "Barsa"ga foyda keltirishiga va Erik Garsiya bemalol uning o'rnini bosa olishiga ishonadi.
Fikrlar