"Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Klopp jonli efirda so'kindi
08 may 2019 10:23
Yangiliklar


"Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Klopp jonli efirda so'kindi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan (4:0) so'ng hissiyotlarini jilovlay olmadi.
"Bu yigitlar ******* gigantlar! Bu hayratlanarli! Xohlasangiz so'kinish uchun menga jarima soling. Ingliz tili - mening ona tilim emas, shu sababli boshqa so'zlarni topa olmadim" - dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" "Kamp Nou"da 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi. SHunday qilib, Yurgen Klopp shogirdlari CHempionlar ligasi finaliga chiqishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar