Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan?
28 apr 2025 14:26
Yangiliklar
Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan?
Arne Slot "Liverpul" boshqaruvidagi ilk mavsumidayoq Angliya chempioni bo'ldi.
Mersisaydliklar 27 aprel kuni APL 34-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi bahsda (5:1) 3 ochko jamg'arib, mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirishdi.
Шu tariqa Arne Slot Angliya Premer-ligasi tarixida debyut mavsumida chempionlikni qo'lga kiritgan oltinchi murabbiyga aylandi. Undan oldin bu yutuqqa Joze Mourinyu ("Chelsi"-2004/05), Karlo Anchelotti ("Chelsi"-2009/10), Manuel Pellegrini ("Manchester Siti"-2013/14), Klaudio Raneri ("Lester"-2015/16) va Antonio Konte ("Chelsi"-16/17) erishgan.
Шuningdek, Slot Angliya Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritgan birinchi niderlandiyalik murabbiy bo'lib, o'z nomini liga tarixiga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar