"Barselona" Rabo bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 17:34
"Barselona" PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan kelasi yozda shartnoma imzolash borasida kelishib oldi.

"Paris United" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rasmiy bayonotiga qaramasdan fransiyalik futbolchi bilan kelishib olgan. 23 yoshli futbolchi Parijdagidan ko'proq maosh va bonus pullarini olishi aniq.

Oldinroq Rabo PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Kelasi yozda futbolchi erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Paris United