"Barselona" "Manchester Yunayted"ga hujumchilar almashinuvini taklif qilmoqda

Alisher
3 yanv 2022, 14:10
Fransiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal joriy transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" Marsyal uchun "qizil iblislar"ga o'z o'yinchilaridan birini taklif qilishga tayyor. Gap kataloniyaliklar hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olmagan Usmon Dembele haqida ketmoqda.

Oldinroq Marsyalga "Sevilya" faol tarzda qiziqish bildirgandi, ammo andalusiyaliklar Angliya klubi bilan kelisha olishmagandi.

26 yoshli Antoni 2015 yildan beri MYUda o'ynaydi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Ara