"Barselona" futbolchisi Toshkentga kelishini Tvitter orqali bilib oldi
11 okt 2023 19:21
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi Toshkentga kelishini Tvitter orqali bilib oldi
Yarim himoyachi 13 oktyabr kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ispaniya U-21 terma jamoasi va "Barselona" klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes olimpiya terma jamosiga chaqiruvi to'g'risida qanday xabardor bo'lgani to'g'risida fikr bildirdi.
"Ispaniya U-21 terma jamoasiga chaqirilganimni Tvitter orqali bilib oldim. Terma jamoa ro'yxatida mening ismim borligiga ko'zim tushib qoldi", — dedi Lopes El Chiringuito nashriga.
Fermin "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushdi va "Malorka" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Ispaniya o'rtoqlik uchrashuvi 13 oktyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar