“Barselona” futbolchisi A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin
06 may 2020 08:44
Yangiliklar


“Barselona” futbolchisi A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin
Jan-Kler Todibo faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda.
Rimning “Roma” klubi “Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todiboni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. “Bo'rilar” Todiboga yozda “Manchester Yunayted”ga qaytadigan Kris Smollingning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Aslida “Roma” Smollingni sotib olmoqchi edi, biroq MYU futbolchisi uchun ko'proq mablag' talab qilgani aytilmoqda. Bazi malumotlarga ko'ra, “Roma” hamon Smolling narxini tushirish borasida ishlamoqda.
Malumot uchun, Todibo ayni damda “SHalke-04” klubiga ijaraga berilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar