“Barselona” darvozasini qo'li bilan ishg'ol qilgan Yago Aspas “Selta” tarixiga kirdi
18 apr 2018 07:25
Yangiliklar
“Barselona” darvozasini qo'li bilan ishg'ol qilgan Yago Aspas “Selta” tarixiga kirdi
Kecha La Liganing 33-turi doirasida “Barelona” safarda “Selta” bilan 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.
Mezbon jamoa safida ikkinchi golga mualliflik qilgan Yago Aspas “Selta” tarixiga kirdi. Uning qo'l bilan kiritgan goli (hakam bu vaziyatni etibordan chetda qoldirdi) ushbu mavsum La Ligadagi 20-goli bo'ldi. “Selta”ning biror bir o'yinchisi so'nggi 62 yil ichida La Ligada 20 ta gol kirita olmagan edi. Bunday natija so'nggi bor 1955/56 yilgi mavsumda “Selta” azosi Mauro Kuesta tomonidan 24 ta gol orqali qayd etilgandi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar