“Barselona” darvozasini qo'li bilan ishg'ol qilgan Yago Aspas “Selta” tarixiga kirdi

18 apr 2018, 07:25
Kecha La Liganing 33-turi doirasida “Barelona” safarda “Selta” bilan 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.

Mezbon jamoa safida ikkinchi golga mualliflik qilgan Yago Aspas “Selta” tarixiga kirdi. Uning qo'l bilan kiritgan goli (hakam bu vaziyatni e'tibordan chetda qoldirdi) ushbu mavsum La Ligadagi 20-goli bo'ldi. “Selta”ning biror bir o'yinchisi so'nggi 62 yil ichida La Ligada 20 ta gol kirita olmagan edi. Bunday natija so'nggi bor 1955/56 yilgi mavsumda “Selta” a'zosi Mauro Kuesta tomonidan 24 ta gol orqali qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live