So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

"Barsa"da qanday qilib iqtidorning "miyasini tozalashdi". Unda video o'yinlar va fastfudga haqiqiy qaramlik bor edi Yangiliklar

"Barsa"da qanday qilib iqtidorning "miyasini tozalashdi". Unda video o'yinlar va fastfudga haqiqiy qaramlik bor edi

Hozirgi Dembeleni hatto murabbiyi ham taniy olmaydi.

"Iltimos, Usmonga hushtak chalishni bas qiling. Muxlislarning g'azabini tushunaman, ammo transfer oynasi yopildi va biz o'z oyog'imizga o'q ota olmaymiz", — dedi Xavi 2022 yilning fevralida o'tgan "Kamp Nou"dagi "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng.


Hozir buni tushunish qiyin, ammo yarim yil oldin "Barselona" Dembeledan qutulishni xohlagandi. Usmonning doimiy jarohatlari va noprofessionalizmi hammaning joniga tekkandi va uning maoshi klub byudjetiga bo'yinturuqdek osilib turardi. Marca o'sha paytda yozgan edi: "Klub fevral boshida Dembelega shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va erkin agent bo'lishni taklif etgan, o'yinchi esa buni rad etgan. Endi uning "Barsa" libosida maydonga tushish imkoniyati past".


"Dembele bir necha bor xunuk vaziyatlarga tushib qoldi. Katta miqdordagi jarohatlar sabab unga ko'nikish qiyin bo'ldi. Unga katta pullar tikildi va biz uning "Barselona"da ko'p yillarni o'tkazishiga umid qilgandik. Barchamiz xafamiz", — dedi klub prezidenti Joan Laporta.


Dembelening xarakteri borasidagi savollar uning "Borussiya"dan transfer qilingandayoq tarqagandi. O'shanda u hech kim bilan xayrlashmagan va klub vakillarining xabarlariga javob bermagan holda Dortmundni shunchaki tark etgan. U Dortmundda ijaraga olgan uyida juda ham katta tartibsizlik qoldirgan (buning uchun u uy egasidan 10 ming evro jarima olgan).


Usmon Kataloniyada muntazam ravishda mashg'ulotlarga kech qolar va osonlikcha yuz minglab evrolab jarimalarga tushardi, u shuningdek kechgacha do'stlari bilan videoo'yinlar o'ynab, fastfud er edi. "Barselona" o'yinchilari bunga jim turishardi, ammo hamma buni tushunib turardi.


"Dembele futbol sutkadagi 24 soat ekanligini tushunib etishi kerak. Unda doim yashash kerak. Jamoaning vatsapda maxfiy chati bor. Unda yoki stadionda, yoki mashg'ulotlarda, yoki tadbirlarda bo'lish kerak bo'lgan vaqtlar muhokama qilinadi. Dembele uchun foydasi — u umrbod kechikadi", Jerar Pike.


Mish-mishlarga ko'ra, navbatdagi kechikishdan so'ng Messi va Suares shunchalik g'azablanishganki, ular Valverdeni Dembeleni zaxirada qoldirishga ko'ndirishgan. Hammasi befoyda — Usmon huddi nima bo'lganini tushunmaganga o'xshaydi.



"Barsa" shifokorlari Dembele uchun mushak massasi yig'ishi uchun maxsus dieta ishlab chiqishgan. Neymar uchun ham shunday qilishgan. Ammo, braziliyalikdan farqli jihati Usmon unga umuman rioya qilmagan — fastfud egan, kam uxlagan va yakunda tez-tez mashg'ulotlarni oshqozonidagi og'riq sabab yakunlagan. "Barsa" Dembeleni nazorat qilish uchun unga maxsus oshpaz yollagan. Usmon nima qildi? Uni ishdan bo'shatdi.


"Usmon — yaxshi yigit, ammo u hayotini nazorat qilmaydi. U amakisi va unga biror narsa aytishdan qo'rqadigan eng yaxshi do'sti bilan yashaydi. Uning spirtli ichimliklarni ichganini umuman ko'rmaganman, ammo u rejalashtirilgan dam olish vaqtlariga umuman rioya qilmaydi. Unda professionalga kerak bo'lgan rejim yo'q", — degandi ishdan bo'shatilgan oshpaz.


Eng yorqin misol 2018 yilning noyabr oyida sodir bo'ldi. Dembele mashg'ulotlarda umuman ko'rinish bermadi va u tugagandan yarim soatdan so'ng klub vakilining qo'ng'irog'iga javo berar ekan, uyqusirab, o'zini yaxshi his qilmayotganini aytgan.


Usmonning uyiga kelgan "Barsa" vakili bir necha tashlangan picca qutilarini topdi. Yakun — Dembele Kataloniyadagi 5 yilda o'nlab jarohatlar oldi.


Dembele shunday bekgraund bilan klub bilan shratnomasi yakunlanishiga atigi bir necha oy qolganda 2022 yilning qishiga keldi. Uni yaxshiroq pulga sotishning iloji yo'q edi — hech kim aqlbovar qilmas istedod, ammo klinik jihatdan "nosog'lom"ga pul tikishga tavakkal qilmadi.


Aftidan, Dembele tezroq jamoadan erkin agent maqomida ketsa, hamma xursand bo'lar edi, 120 millionlik transfer haqidagi tarix esa tezroq o'tmishga aylanardi. Mish-mishlarga ko'ra, hatto Xaviga francuzni uning shartnomasi yakunlanadigan 2022 yilning yozigacha qaydnomaga kiritmaslik taklif etilgan. Ammo, murabbiy o'z poziciyasi bo'yicha haqiqiy donolik ko'rsatdi — Dembele "Barselona"da ekan, ispan unga ishonch bildirdi.


Va bir necha haftalar ichida mo'jiza amalga oshdi — Dembele raqiblarni "portlata" boshladi. U La Liganing qolgan 15ta o'yinida atigi 1ta gol urdi, ammo 11ta assist qayd etgan holda, Ispaniya chempionatining eng yaxshi assistentiga aylandi. Ammo, ko'zga raqamlar esa, Usmonning o'ziga bo'lgan ishonchi ko'zga tashlandi — u maydonda aqlli qarorlar qabul qildi, kerakli daqiqalada noyob driblingini amalga oshirdi va jarima maydonchasida tobora samaraliroq bo'ldi.


Xavi francuzga maqtovlar berishdan charchamadi va hatto dam olish kunlari ham mashg'ulotlarga kelgani uchun uni boshqa futbolchilarga o'rnak qilib ko'rsatdi! Salbiy voqeadan so'ng, Usmon shartnomani pasaytirilgan shartlar bilan uzaytirishga rozi bo'ldi va bu haqda: "Jamoa va murabbiydan juda ham mamnunman va klub uchun borimni beraman" dedi.


"Noyabrdan beri Dembeleni tanimayman, men uni tanimayapman. Ushbu Usmon meni juda baxtli qilmoqda", — deb javob qaytardi bunga Xavi.


Dembele yangi mavsumda jamoa etakchilaridan biri sifatida namoyon bo'ldi — dastlabki uchta turda bitta gol va ikkita assist. Aftidan, u oxir-oqibat o'zining ulkan salohiyatini ro'yobga chiqarishni boshladi. Ammo, kim yoki nima Usmonning hayotida professionalizmni "yoqdi". Bunga bir necha sabablar bor.



Birinchi sabab — ishonch. Messi ketganidan so'ng "Barselona"da yondashuv o'zgardi va hujum chizig'idagi o'yinchilar aldash uchun ko'proq hududga ega bo'lishdi. Dembele navbatdagi jarohatlar sabab mavsumning dastlabki uchdan bir qismini o'tkazib yubordi, ammo noyabrda kelgan Xavi Usmonni tezda shaxsiy nazoratga oldi. Xavi Usmonga bosim o'tkazmadi — aksincha, ko'p gaplashdi, jihatlarni va futbolchining uning sxemasidagi rolini tushuntirdi. SHartnoma uzaytirilishi bilan bog'liq salbiy vaziyatlarda ham murabbiy francuz bilan otalarcha gaplashdi va unga klub poziciyasini etkazdi. Dembele "Barselona"dagi faoliyatida ilk bor murabbiy unga chindan ishonishini va unga imkoniyat berishga tayyorligini ko'rdi. Usmon esa motivaciyani maksimal darajaga etkazdi.


Ikkinchi sabab — muloqot. Mundo Deportivo iyul oyida Dembelening jamoadagi hatti-harakati o'zgargani haqida maqola yozgan edi. U ko'p hazil qiladigan, sheriklari bilan gaplashadigan bo'lib qolgan va o'zida ishonchni his qilgan. U ikki yil oldin jamoada faqatgina vatandoshi Grizmann bilan gaplashgan. Usmonga 2022 yilning qishida kelgan va "Borussiya"dayoq yo'llari kesishgan Per-Emerik Obameyang juda ham katta yordam bergan — u yosh francuzning katta o'rtog'i va do'stiga aylangan va unga jamoadagi muhim bo'lak bo'lishni his qilishiga katta yordam bergan.


"U mening ukam. Biz "Barsa"dagi ilk kunlardan birga ko'p vaqt o'tkazdik", — deydi Obameyang Dembele haqida.



Uchinchi sabab — jarohatlarni oldini olish. Xavi "Barselona"ning butun tibbiy shtabini yangiladi va o'zining odamlarini olib keldi. Dembele uchun maxsus mashg'ulotlar va ovqatlanish dasturi ishlab chiqishgan. Usmonning o'yini dribling va tezlanishga asoslangan, shu sabab u eng yaxshi tomonlarini ko'rsatishi uchun yaxshi formada bo'lishi muhim. Endi u bu masalaga imkon qadar jiddiy etibor qaratmoqda.


"Ko'p ishlashni va bor kuchimni maydonga berishni xohlayman, ammo to'g'risini aytganda, 2017 yildan boshlab juda ham zaif edim. Endi jismoniy jihatdan o'zgardim va o'zimni o'yinlarga ko'proq tayyor his qilyapman", — deb tan oldi Dembelening o'zi.


To'rtinchi vaziyat. Garchi bu ispan matbuotining mish-mishlari va taxminlari. Dembele 2021 yilning dekabrida uylandi. Marokashlik Rima Ebdush Usmonni hayotdagi maqsadlarni yangicha o'rnatishga majbur qildi — u tuni bilan PlayStation o'ynashni to'xtatdi va ruhan ulg'aydi.


Aftidan, yaqin kelajakda zamonamizning eng iqtidorli futbolchilaridan birining imkoniyatlari namoyon bo'lishiga guvoh bo'lamiz. Laportaning Dembelening qobiliyat bobida Mbappedan qolishmasligi haqidagi gaplari endi axmoqlikdan eshitilmayapti.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика