"Barsa" Roke bo'yicha bitimni 35+10 mln evro evaziga yopdi, forvard yanvarda keladi. Tovon puli – milliard evro, bonuslardan biri "Oltin to'p" uchun
04 iyu 2023 23:58
Yangiliklar


"Barsa" Roke bo'yicha bitimni 35+10 mln evro evaziga yopdi, forvard yanvarda keladi. Tovon puli – milliard evro, bonuslardan biri "Oltin to'p" uchun
"Barselona" Vitor Rokening transferi bo'yicha bitimni yopdi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Mundo Deportivo'ning malumotiga ko'ra, bitim narxi 35+10 mln evroni tashkil etadi. Roke 2029 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi, tovon puli – 1 mlrd evro. Braziliyalik "Barselona"ga yanvarda qo'shiladi.
Qayd etish kerakki, "Atletiko Paranaense" bitimga 18 yoshli o'yinchining "Oltin to'p" uchun kurashda top-3ga kirishi va ushbu mukofotni yutishi uchun klubga bonusni kiritdi.
Forvard joriy mavsum "Atletiko Paranaense" safida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar