"Barsa" ikki futbolchisining agenti bilan maoshni kamaytirish borasida muzokara o'tkazdi. Tomonlar kelisha olmadi
30 iyu 2021 18:18
Yangiliklar
"Barsa" ikki futbolchisining agenti bilan maoshni kamaytirish borasida muzokara o'tkazdi. Tomonlar kelisha olmadi
"Barselona" futbolchilari bilan oylik maoshlarini kamaytirish borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.
Serxio Buskets, Serji Roberto va Jordi Albaning vakillari muzokaralarga birinchilardan bo'lib kirishdi.
Buskets va Roberto agenti "blaugranlar" ofisiga tashrif buyurgan va tomonlar muzokara o'tkazib ulgurgan, biroq hozircha barchani qanoatlantiruvchi variant topilmayapti.
Buskets va Roberto maoshlari keskin kamayishiga rozi emaslar: ularning fikricha, o'tgan kuz ushbu futbolchilar maoshlari kamayishiga rozi bo'lib, klubga yordam berib ulgurishgan.
"Barselona" ushbu futbolchilar bilan 15 avgustga qadar til topishishga umid qilmoqda.
Fikrlar