"Barsa" Destni 22-23 mln evro+bonuslar evaziga transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim seshanba kuni elon qilinishi mumkin
28 sen 2020 10:37
Yangiliklar


"Barsa" Destni 22-23 mln evro+bonuslar evaziga transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim seshanba kuni elon qilinishi mumkin
"Ayaks" o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest "Barselona"ga o'tishga yaqin.
Kataloniyaliklar 19 yoshli AQSH terma jamoasi futbolchisini 22-23 million evro+bonuslar evaziga transfer qilishni kelishib olishdi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" yaqin soatlarda Dest bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Bitim haqida esa rasman seshanba kuni elon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq futbolchining oldida "Bavariya" varianti ham bor edi, ammo futbolchi Ispaniyada to'p tepishni afzal ko'rdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar