"Barsa" Alba bilan shartnomani bekor qilishi mumkin, bunga sabab - maoshlar limiti
23 mar 2023 07:37
Yangiliklar
"Barsa" Alba bilan shartnomani bekor qilishi mumkin, bunga sabab - maoshlar limiti
"Barselona" klubda maoshlar fondini qisqartirish yo'llarini izlamoqda.
Hozirda "Barsa"ning maosh fondi 648 million evroni tashkil etadi. La Liga limitiga mos kelishi uchun harajatlar 200 million evroga qisqarishi lozim. Aks holda klub yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Malum bo'lishicha, "Barsa" Jordi Alba bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Klub futbolchiga 38 million pul to'lashi lozim.
SHuningdek, sotilishi kerak bo'lgan futbolchilar ichida Ansu Fati ham bor.
Bundan tashqari klub Frenki de Yong va Mark-Andre ter SHtegen bilan yangi shartnomada maoshni pasaytirish yo'llarini ham ko'radi.
Fikrlar