Barella "Inter" bilan shartnomani uzaytirishdan yiroq. "Atletiko" va PSJ o'yinchiga qiziqish bildirmoqda
13 okt 2021 09:25
Yangiliklar
Barella "Inter" bilan shartnomani uzaytirishdan yiroq. "Atletiko" va PSJ o'yinchiga qiziqish bildirmoqda
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella jamoadan ketishi mumkin.
Klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, ammo tomonlar kelishuvga erishishdan yiroqlar. O'yinchining agenti o'z mijozi uchun yillik 6 mln evro maosh so'ramoqda, klub esa unga 4dan 4,5 mln evrogacha taklif etmoqda.
O'yinchining vaziyatini "Atletiko" va PSJ kuzatmoqda, agar Barella va "Inter" kelisha olmasa, ular xavbek bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.
Italiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar