Barbara Berluskonining hisob-kitoblariga ko'ra, "Milan"ning stadioni 2020 yilda tayyor bo'ladi
06 dek 2014 13:43
Yangiliklar
Barbara Berluskonining hisob-kitoblariga ko'ra, "Milan"ning stadioni 2020 yilda tayyor bo'ladi
"Milan" vice-prezidenti Barbara Berluskoni qizil-qoralarning yangi stadioni rejasi haqida gapirib berdi.
"Stadion bo'yicha ishlar davom etmoqda, uning kichik modeli deyarli tayyor. Biz 2015 yilning birinchi olti oyida javob kutamiz. Maqsadimiz - stadion 2020 yilgacha qurib bitirilishi kerak.
Hozirda "Milan"dek klub stadioni uchun kerak bo'ladigan hududni baholamoqdamiz. Xatto "San-Siro"ni yoqtiradigan otam ham, loyihadan xursand.
Moliyaviy muammolar yo'q, chunki bu loyihaga qiziqib qolgan kompaniyalar juda ko'p" - deydi Barbara Berluskoni.
Fikrlar