“Baqaloqlar” to'rtligi
20 apr 2014 13:04
Yangiliklar
“Baqaloqlar” to'rtligi
Dunyoda ko'pchilik Krishtianu Ronalduga o'xshab bo'yi uzun, tetik futbolchi bo'lishni xohlaydi.
Lekin bunday figura hammaga ham berilavermaydi. Buni qarangki, futbolda nom qozonish uchun o'yinchining gavdasi qilichdek silliq bo'lishi shart emas ekan. Futbolda hatto “baqaloq” bo'lib ham tanilish mumkin. Quyida shunday “baqaloqlar” to'rtligini keltirib o'tamiz.
ADRIANO. O'z vaqtida “Parma”, “Inter” singari klublarda to'p tepgan Adriano o'zining besunaqay gavdasiga qaramay, hujumda chiroyli o'yin namoyish etardi. Uning chap oyoqda beradigan kuchli zarbalari darvozabon uchun ayni boshog'riq edi.
AILTON. Ailton Germaniya chempionatida o'ynab yurgan kezlari muxlislar unga “tank” deb laqab qo'yishgandi. Qizig'i, Ailton ham “semiz” bo'lishiga qaramay, “SHalke 04” safida 169ta o'yinda maydonga tushib, 88ta gol urgan.
DIEGO MARADONA. Diego futbolchilik davrida unchalik “baqaloq” bo'lmagan. Uni ko'proq lo'mbillagan desak yarashadi. Giyohvand moddalarga o'ralashib qolgach, Maradona o'z tanasini boshqarolmay qoldi. Natijada semirib ketdi-qo'ydi.
RONALDO. Braziliyalik “so'yloq”qa gap bo'lishi mumkin emas. Ronaldo har doim xushtam ovqatlarni va turli ziyofatlarni yaxshi ko'rgan. Ammo o'yinlarda gol urishniyam qoyillatgan. Ketma-ket jarohatlar uni ancha qiynab qo'ydi va 2011 yil “fenomen” faoliyatini tugatishga majbur bo'ldi.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar