So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  0 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Babayan bilan Qosimov nimani xohlayapti? Yangiliklar

Babayan bilan Qosimov nimani xohlayapti?

Jo'ja sanaladigan faslda eshitishga o'rganib qolgan mavzumiz yana "bolaladi".

Mavsum hal qiluvchi pallaga kirishi bilan chempionatdagi jamoalar sonini ko'paytirish g'oyasi takror tug'ilaveradi (o'tgan yil oxirida yozilgan maqola → Futbolni o'ldirmanglar!). CHo'kayotgan odam xasga yopishganidek, raqobatda yutqazib qo'yganlar ligadagi o'rnini turli yo'llar bilan saqlashga urinadi. Kimdir "tank"larini faollashtirsa, kim OAV orqali jamoatchilik yordamini olmoqchi bo'ladi. Masalan, shu chempionatda muxlislari yozgan xat tufayli elitada qolgan jamoa bor...

Bu safargi tashabbus g'alati eshitilsa ham, chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" ustozidan chiqdi. Uni futbolimiz afsonasi qo'llab-quvvatlagan. Babayan yoki Qosimovga shu mavzuda savol berilsa, futbol rivoji, yigitlarning jismoniy holatini kuchaytirish to'g'risidagi tasirli javoblar yangrashi aniq.

Xolis qaralsa, bunaqa tashabbusdan grandlarning maqsadi juda sodda bo'ladi: jamoalarning 16taga etishi kuchsiz raqiblar va g'alabali o'yinlar sonini ko'paytiradi (bu yanada ko'proq "premiya" vav qo'shimcha 12 ochko degani). SHu xolos.

Nisbatan qiyin vaziyatda turgan Vadim Abramov esa o'zgarishdan milliy jamoa yutishini aytibdi. Quloqqa yoqadigan, ayni paytda tasirli javob. 

Ammo terma jamoadan shaxsiy manfaatlari yo'lida, o'z mijozlarini xalqaro maydonda reklama qilish vositasi sifatida foydalangan mutaxassislarni ko'rganimiz uchun aytamiz: Abramov etiborini ko'proq "Dinamo"ga qaratgani maqul. Hozircha samarqandliklar tarkibida Katanec jamoasi uchun bitta ham nomzod yo'q. SHu tufayli chempionatning asosiy autsayderi tomonidan aytiladigan istalgan gap bahonaga aylanib ketadi.

Aslida Karlenovichning mavzu bo'yicha fikrlari ko'pchilik uchun qiziq. CHunki mazkur qadamning termamiz uchun foydali bo'lishini aytayotgan mutaxassis o'z vaqtida (2008 yil) Oliy Ligada klublar sonini kamaytirish tashabbusi bilan chiqqan edi.

2017 yil Abramov boshchiligida quyi ligaga yo'l olgan "Neftchi" sport principlariga zid ravishda keyingi mavsumni elitada boshlagani yodimizda. 1 yildan keyin "Surxon" va "Dinamo" ham shu tarzda Superligaga chiqib qoldi. Oliy hakam esa adolatsiz qarorlar hech kimga foyda keltirmasligini qisqa muddatda isbotlab berdi.

Sport principining buzilishi har qaysi holatda bizning zararimizga ishlaydi. Ko'pchilik Pro ligadagi raqobatga putur etishi haqida gapiryapti. Tanganing 2-tomoni ham bor. Pastdan kuchsiz jamoaning chiqishi Superligada maqsadsiz klub, navbatchi o'yinlar sonini ko'paytirishdan boshqasi emas. Bu hozirgi "Xorazm" yoki "Yangier" darajasidagi klublar 2024 yil elitada paydo bo'lishini anglatadi. Pro ligada zo'rg'a yurgan jamoa Superligaga moliyaviy jihatdan moslasholmasligi aniq. Iqtisodiy muammolar bor joyda totalizator va noqonuniy kelishuvlar gullashiga 31 yillik tariximiz guvohlik beradi. 

SHunday ekan, xayolga kelgan fikrni tilga chiqarishdan oldin yaxshilab sintezlaylik. Liganing imidji siz xohlayotgan ochkolardan ancha qimmatroq.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика