BAA Pro ligasi. Aziz G'aniev g'alaba goliga assistentlik qildi
15 okt 2022 21:04
Yangiliklar


BAA Pro ligasi. Aziz G'aniev g'alaba goliga assistentlik qildi
BAA Pro ligasining 6-turidan o'rin olgan "SHabab Al Ahli" - "Al Jazira" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Murosasiz ruhda o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Hamyurtimiz Aziz G'aniev 90+7 daqiqada Yussef Jobirning goliga assistentlik qildi. Amalda ushbu gol Dubay klubiga 3 ochkoni taqdim etdi. Leonardu Jardim shogirdlari ushbu uchrashuvdan so'ng 10 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.
BAA Pro ligasi. 6-tur
"SHabab Al Ahli" - "Al Jazira" 2:1
Gollar: Halifa Al Hammadi (avtogol) 30, Yussef Jobir (Aziz G'aniev) 90+7 - Bruno 87
O’xshash yangiliklar

Fikrlar