Aziz G'aniev o'ynaydigan "SHabab Al Ahli" klubi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
09 mar 2020 13:52
Yangiliklar


Aziz G'aniev o'ynaydigan "SHabab Al Ahli" klubi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasi bosh murabbiysiz qoldi.
44 yoshli argentinalik mutaxassis Rodolfo Martin Arruabarrena istefoga chiqarildi. U klubni 2018 yildan beri boshqarib kelayotgandi.
"SHabab Al Ahli" o'z uyida "Al Nasr" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va argentinalik shundan so'ng vazifasidan ozod qilindi.
Eslatib o'tamiz, "SHabab Al Ahli" chempionatda 18 turdan so'ng 40 ochko to'plagan holda jadvalning birinchi o'rnida ketmoqda. Taqibchi "Al Ayn" bilan o'rtadagi farq 3 ochkoni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar