Azarda navbatdagi muammo yuzaga keldi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2021, 21:00
Marca xabar berishicha, “Real” vingeri Eden Azar mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan harakat qilolmayapti.

Azar oyoq mushaklari bilan bog'liq muammolarni his etmoqda. Shu tufayli, uning La Liga 22-turidan o'rin olgan 6 fevraldagi “Ueska” bilan safardagi uchrashuvda qatnanishishi so'roq ostida bo'lib turibdi.

30 yoshli belgiyalik joriy mavsum chempionatda 8 o'yin o'tkazib, 2+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca