So’nggi yangiliklar

23:22АПЛ. "Фулхэм" – "Манчестер Сити". Ҳусанов яна захирада  4 23:21Винисиус "Жирона"га қарши ўйинда ҳакамни ҳақорат қилгани маълум бўлди  1 22:52Расман: "Сўғдиёна" уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:35Туркия кубоги. Алиқулов ассист қайд этган ўйинда "Ризеспор" "Пендикспор"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:10Игорь Сергеев – Суперлигада йил футболчиси!  12 21:40Де Йонг "Атлетико"га қарши ўйнамайди  3 21:12Расман: "Бунёдкор" Билолхон Тошмирзаев билан шартнома имзолади  1 20:45Рауль "Реал"га қайтиш истагини билдирди  3 20:29"Динамо" аъзоаси Суперлиганинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  4 20:10Ўзбекистон делегацияси бугун АҚШ пойтахтига йўл олади  20 19:44Кубок финалида "Навбаҳор" дарвозасини ишғол этган футболчи энди "лочин"га айланадими?  10 19:21Йилнинг энг яхши хорижлик футболчиси эълон қилинди  3 19:00Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасида ноябрь ойи якунларини сарҳисоб қилди  2 18:39"Навбаҳор" бир қатор легионерлари билан хайрлашди  8 18:19"Локомотив"га дарвозабон керак: "Навбаҳор" аъзоси — асосий номзод  3

Azar o'zi tepgan o'sha bolboy bilan uchrashdi. Uning qanchalik boy ekanligini bilasizmi? Yangiliklar

Azar o'zi tepgan o'sha bolboy bilan uchrashdi. Uning qanchalik boy ekanligini bilasizmi?

Alkogol sabab millionerga aylandi.

Eden Azar CHarli Morgan bilan uchrashdi. "CHelsi" o'yinida zarba bergan o'sha "Suonsi" bolboyi bilan.

O'sha o'yindan 11 yil o'tdi.

"Faoliyatni yakunlashning yana bir foydasi eski do'stlar bilan uchrashish imkoniyatidir. Do'stim, sen uzoq yo'ldan o'tding", – deb hazillashdi Eden.

Uzoq kutilgan uchrashuv iliq o'tdi. Birinchidan, ular ringda uchrashishmadi. Ikkinchidan, tabassum qilishdi.



Golf o'ynashdi.



Krishtianu va Leo Messining o'sha mashhur suratini takrorlashdi. Doskada aroq idishlari.



Negativdan asar ham yo'q.


O'sha vaziyat. Barchasi qanday bo'lgandi?


"Suonsi" 2013 yilning yanvarida Angliya liga kubogi yarim finalida "CHelsi"ni mag'lubiyatga uchratgan holda tarixida ilk bor finalga chiqqandi. Ammo, OAV bu haqda unchalik ham yozmagan.

O'yin tugashiga o'n daqiqa qolganda to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Azar o'yinni tezroq davom ettirish uchun to'pni bolboyda olishga urindi, yakunda 17 yoshli CHarli Morganni tepdi. Hakam Kris Foy bir necha soniya o'tib Azarga qizil kartochka ko'rsatdi. SHuningdek uch o'yinlik diskvalifikaciya ham berildi.




CHarli o'shanda otasi Martin bilan intervyu berdi va Azarning harakatlaridan shikoyat qilmasligini malum qildi.

Belgiyalikning o'zi ular o'yindan so'ng gaplashishganini aytdi: "Bolakayga emas, to'pga zarba berdim deb o'yladim. Uzr so'rayman. U kiyim almashtirish xonamizga keldi, biz tezda gaplashib ketdik. Men kechirim so'radim, bolakay ham".


Morgan – millioner. U Azardan ham boy bo'lishi mumkin


Va bu hazil emas. The Sunday Times nashri CHarli Morganning boyligini 55 mln funtga baholamoqda, Buyuk Britaniyaning 35 yoshgacha bo'lgan eng boy odamlari reytingida Xarri Keyn va super model Kara Delevindan ham yuqorida turibdi.

Albatta, gap faqat Eden bilan bo'lgan voqeada emas. Garchi CHarli o'shanda darhol mashhur bo'lib ketgan bo'lsa ham.

Morgan o'z do'sti Jekson Kuinn bilan premium aroqlar brendi bo'lish Au Vodka'ga egalik qiladi. Eng asosiy o'zgacha jihati shishalarning tilla rangda ekanligidir. "Britancha ananalar. Yuqori darajadagi ingredientlar. Bu narsalar bir bo'lib o'zgacha mahsulot yaratilishiga olib keldi. U o'zgachalikni afzal ko'radiganlar uchun mo'ljallangan", – deyiladi kompaniyasi saytida.



Au Vodka – taniqli brend. Masalan uni super yulduz bokschi Floyd Meyvezer reklama qilgan. Hattoki dunyoning eng mashhur blogerlaridan biri bo'lmish (20 mln obunachi) Jeyk Pol kompaniya logosi eks etgan tatu qildirgan.

SHundan so'ng ular yana bir alkogol brendini ishga tushirishdi va 2020 yilning o'zida 1,7 mln shisha sotildi, bu pandemiya davridagi ajoyib ko'rsatkich. Endilikda bu Buyuk Britaniyadagi eng katta premium alkogol brendlaridan biri. Morganning arog'i dunyoning 40 mamlakatida sotiladi.

Ammo, muhim jihat ham bor. CHarlining otasi Martin Morgan mehmonxonalar tarmog'i xo'jayini, uning boyligi o'nlab million funtlarga baholanmoqda. Oddiy oilamas, ikkinchidan muvaffaqiyatli avlod.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика