Azar: "Men "CHelsi"ga sovrinlar yutish uchun kelganman"
17 may 2014 19:21
Yangiliklar
Azar: "Men "CHelsi"ga sovrinlar yutish uchun kelganman"
"CHelsi" futbolchisi Eden Azar kelasi mavsumda sovrin qo'lga kiritmoqchi ekanligini aytib o'tdi.
"Bu mavsum biz uchun "deyarli" belgisi ostida o'tdi. Biz deyarli CHempionlar Ligasining finaliga chiqdik, biz deyarli APL chempioni bo'ldik. Umid qilamanki, kelasi mavsum deyarlilarsiz bo'ladi.
Men bu erga sovrinlar yutish uchun kelganman va biz dastlabki mavsumimdayoq Evropa Ligasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldik. Bu mavsum esa birorta ham sovrin yuta olmadik", - deydi Azar.
Fikrlar