So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Azamat Abduraimov: "Yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirishimiz kerak" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirishimiz kerak"

Pro liganing to'qqizinchi turidan o'rin ogan "Yangier" - "Xorazm" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Bunga qadar "Xorazm" ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'rib o'rganib chiqqandik. Raqib yaxshi shakllangan jamoa. Safarda harakat qilishiga qaramasdan himoyaviy emas, hujumkor futbol taklif qiladi. Yigitlarga oson bo'lmasligini tushuntirgandik. Ikkinchi bo'limda ikki jamoada ham gol urish uchun bir nechta vaziyatlar yuzaga keldi. Natija qaysidir manoda yomon emas. Jamoaga kelganimga ko'p bo'lmadi. Iloji boricha standart vaziyatlar ustida ko'proq ishlashimiz zarur. "Xorazm" bilan o'yin bu boradagi kamchiliklarimizni ko'rsatib berdi",- deydi Azamat Abduraimov.

- Jamoada yana qanday islohotlar qilish kerak, deb o'ylaysiz?

- Umuman olganda jamoani yomon, deya olmayman. Yaxshi futbolchilar jamlangan. Hozircha futbolchilar bilan tanishmoqdaman. Ularning imkoniyatlarini, nimalarga qodirligini bilishga harakat qilyapman. Nukusdagi o'yinga qaraganda "Xorazm"ga qarshi bahsda tarkibda oltita o'zgarishni amalga oshirdik. Qaerdadir jarohatlar yoki boshqa omillar bunga sabab bo'ldi. O'tgan turda safarda ko'proq qarshi hujum taktikasiga tayangan bo'lsak, bugun uchta hujumchi bilan maydonga tushdik. Legionerlar Faysal, Mbeke va Jerome bor kuchlari bilan o'ynashmadi. Natijada o'zgarishga qo'l urishga majbur bo'ldik. Abdumalik Abdullaev, Jonibek Mirzaqulov, Sanjar Baratov o'yinga qo'shildi. Himoyamizda ham kamchiliklar ko'zga tashlandi. Qarshi hujumda gol qo'yib yuborishimiz ham mumkin edi. Hujumda vaziyatlarimiz bo'ldi. SHu bois jamoamni yomon o'ynadi, deyish noo'rin. Ular o'z darajalarida harakat qilishdi. 

- Keyingi o'yindagi raqib "Dinamo" jamoasi...

- "Dinamo" Superliga yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Ular "Xorazm"dan ham jiddiy raqib. Buni kiyinish xonasida ham takidladim. Yigitlarga ikki kunlik hordiq chiqarish imkonini beramiz. CHunki soat beshda o'ynash juda qiyin. O'zim ham futbolchi bo'lganim uchun yigitlarni tushunaman. 40 gradus issiqda to'p tepish o'zimas. Lekin bu bahona bo'lmasligi kerak. Ikki jamoa ham bir xil sharoitda to'p tepdi. "Dinamo" bilan o'yinga qadar tiklanishimiz lozim. Xatolarni ko'rib chiqamiz, tahlil qilamiz. Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish. Demak har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- O'yin oxirida bekor qilingan golga munosabatingiz...

- Uchrashuv bosh hakamidan bu haqida so'raganimda to'p qo'lga tekkanini aytdi. Yuqorida takidlaganimdek standart vaziyatlar ustida ishlashimiz lozim. 

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaning nechchi foizi o'zgaradi? Yangi keladigan futbolchilar aniqmi?

- Tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Iyun oyida qo'l ostimdagi bor futbolchilar bilan o'ynaymiz. Balki kimlar bilandir xayrlasharmiz yoki boshqa jamoadan yangi futbolchi jalb qilarmiz.  Jamoada 25 nafar futbolchi bor. Ularning barchasini hali to'liq bilmasligim ham mumkin. Iyun oxirida barchasi aniq bo'ladi. Lekin kuchayishimiz kerak. Ham natija, ham o'yin bobida. Bugun yutib olganimizda kayfiyatimiz yaxshilanardi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика