Azamat Abduraimov: “Kubokdan ko'ra chempionatdagi bahslar muhimroq”
11 may 2014 11:09
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: “Kubokdan ko'ra chempionatdagi bahslar muhimroq”
"Nasaf" - "Andijon" (5:0) o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Azamat Abduraimov OAV xodimlari savollariga batafsil javob qaytardi.
- Tablodagi hisob o'yin haqida hamma narsani aytib turibdi. SHu bois alohida biror holat haqida gapirmagan bo'lardim. Bilasiz, chempionatni o'ta muvaffaqiyatsiz boshladik. SHu bois bu yo'lda kubok uchun kurashdan voz kechdik. Yani bugungi o'yinda besh nafar yosh va nisbatan kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik.
May oyida chempionatda o'ta muhim bellashuvlar bor. Biz uchun kubok bahsidan ko'ra chempionat o'yinlari muhimroq. Afsuski, bugun imkon berilgan futbolchilari, asosan himoyachilar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. Biz mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, besh to'p farqi bilan yutqazishga loyiq emasdik.
Qolaversa, ikkinchi bo'limdagi chetlatish ham natijaga salbiy tasir ko'rsatdi, deb o'ylayman. “Nasaf”ni chiroyli o'yini va g'alabasi bilan tabriklayman. Javob o'yinida o'z muxlislarimiz qarshisida mazmunli o'yin ko'rsatishga urinamiz. Lekin chorak finalga chiqish imkoniyatimiz judayam past. Tan olish kerak “Nasaf” va “Andijon” bugungi kunda umuman boshqa “vazn toifasidagi” jamoalar hisoblanishadi.

Fikrlar