So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Ayollar futboli. “Sevinch” - ikkinchi marta O'zbekiston superkubogi sohibi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” - ikkinchi marta O'zbekiston superkubogi sohibi

Bugun Toshkent shahridagi “JAR” stadionida III O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'z tarixida bir martadan ana shu superkubokni qo'lga kiritgan ikki jamoa, “Sevinch” hamda Bekobodning “Metallurg W” jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.

O'tgan yilgi mavsumda chempionlikni va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan jamoamiz va kumush medallarni qo'lga kiritgan  “Metallurg W” bugun yangi mavsum oldidan Superkubok uchun maydonga tushishdi. Bu uchrashuv har ikkala jamoa uchun yangi mavsumdagi dastlabki uchrashuv ham edi.

Uchrashuv oldidan ko'pchilikning fikriga ko'ra, tarkibini etakchi va tajribali o'yinchilar tark etgan “Sevinch” jamoasini ikkinchi o'rinda ko'rayotgan edi. Bunga qandaydir manoda asos ham ham bor edi. Yani, safimizni tark etgan tajribali o'yinchilar o'rnini, hali oliy ligada “pishmagan” yosh o'yinchilar egallashgan edilar.

Ammo etirof etish kerak, Vladislav Xan boshchiligidagi jamoamizning murabbiylari, qisqa vaqtda “Sevinch”ning yosh o'yinchilarini maydonda qanday kurashish va ularga klubimizning xarakterini singdira olishdi. Bugun shu narsaga guvoh bo'ldikki, “Sevinch” bundan keyin ham o'z nomi va g'ururi uchun kurashni davom ettiraveradi. Futbolchi qizlarimizni bugungi o'yinini ko'rib, ularning g'alabaga bo'lgan tashnaligini va ishtiyoqi uchun tasannolar aytmay ilojimiz yo'q. Ular shuningdek bugungi uchrashuvda o'z irodasini ham namoyish qilishdi.

Endi uchrashuv haqida to'xtaladigan bo'lsak, jamoamiz birinchi bo'lib, o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Bu vaziyatda uchrashuvdagi dastlabki hujumini tashkil etgan raqibimiz, 3-daqiqadayoq 11 metrlik jarima to'pi tepish baxtiga muyassar bo'lishdi. Bekobodlik futbolchining darvozamizga yo'llagan zarbasi, kutilmaganda I.Ablyakimovaning qo'liga tegdi va penalti belgilandi.  “Sevinch”ning sobiq tajribali o'yinchisi Feruza Turdiboeva darvozani aniq nishonga olishda adashmadi – 0:1.

Birinchi bo'lib, o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborgan jamoamiz futbolchilari aslo tushkunlikka tushishmadi, aksincha ularda kuch va iroda paydo bo'ldi. “Metallurg W”  jamoasining esa, g'alabaga bo'lgan ishonchi ortib ketdi. Vaqt o'tgan sayin futbolchilarimiz qo'rqmasdan olg'a borishdi. Goldan keyin dastlab tashkil etilgan hujumlar samara bermadi.

Birinchi bo'lim oxirlab borayotgan paytda, “Metallurg W”  futbolchilari sustkashlikka yo'l qo'yishdi. Jamoamiz esa, tashabbusga ega bo'ldi. Birinchi bo'limning 40-daqiqasida hujumchimiz Nilufar Qudratova hisobni tenglashtirdi – 1:1. U darvozabon bilan birga – bir vaziyatga chiqib borib, to'pni darvozabon ustidan chiroyli tarzda oshirib, to'rga joylab qo'ydi.

Bu goldan ruhlangan futbolchilarimiz tashabbusni aslo qo'ldan berishmadi va 44-daqiqada hisobda oldinga o'tib olishdi. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni, yana bir hujumchimiz Malika Burxanova golga aylantirdi – 2:1.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakuniga etdi.

Bu hisob, bunday o'yinda jamoamizni g'alabasini taminlay olmasdi. Tanaffusda albatta murabbiylarimiz o'yinchilarimizga kerakli ko'rsatmalarni berishdi. Keyingi bo'limda jamoamiz maydondagi ustunlikni qo'lga kiritdi va uchrashuv gollar shousiga aylanib ketdi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Nilufar Qudratova ikkinchi golini kiritib, dubl qayd etdi – 3:1. Buni qaranki, oradan bir daqiqa o'tmasdan Malik Burxanova ham uchrashuvdagi o'zining ikkinchi golini urishga erishdi va bu futbolchimiz ham dubl muallifiga aylandi – 4:1.

Bu hisob o'yin taqdirini hal qilib bo'lgan edi. Ammo jamoamiz bu hisob bilan qanoatlanib qolmadi. Aksincha  “Metallurg W” jamoasi futbolchilari bo'shashib qolishdi. Navbatdagi tashkil etgan hujumimizda, aniqrog'i 68-daqiqada,  SHaxzoda Jamolova chamasi 20 metrlardan darvoazaga kuchli zarba yo'lladi, bu zarbani bekobodliklar darvozaboni Gulandon Boymatova qaytarishga ojizlik qildi, to'p darvoza to'ridan joy egalladi – 5:1. Bu gol shubhasiz o'yindagi eng chiroyli gol bo'ldi.

Bu hisobdan keyin  “Metallurg W” jamoasi ham gol urish uchun bir qancha imkoniyatlarga ega bo'ldi. Bazida ularda aniqlik etishmagan bo'lsa, ko'p vaziyatlarda darvozabonimiz Laylo Tilavova katta mahorat ko'rsatib, jamoamizni muqarrar gollardan asrab qoldi. Laylo Tilavova shubhasiz bugungi o'yinni eng yaxshi o'yinchisiga aylandi.

SHunday qilib, qiziqarli va murosasiz kechgan o'yinda jamoamiz katta iroda ko'rsatib, yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi va o'z tarixlaridagi ikkinchi marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritishdi.

Katta futboldagi yangi mavsum katta yutuq bilan boshlandi. Bu g'alaba va yutuq, jamoamizga albatta ko'tarinki ruh baxshida etadi.

Uchrashuv yakuniga etkach, O'zbekiston ayollar futboli assosaciyasi tomonidan taqdirlash marosimi o'tkazildi. Sevinchga Superkubokni o'zbek ayollar futbolini rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgan, Andijanka jamoasiga ko'p yillar ustozlik qilgan M.Kimning o'g'li S.Kim tantanali ravishda topshirdi.

SHarhimiz oxirida, shuni katta etirof bilan aytamizki, Sevinchning bunday yutuqlarini qo'lga kiritishda, klubimiz prezidenti Temirov Odil SHukurovichning ham katta hissalari bor. U kishi tomonidan klubimizga bo'lgan g'amxo'rlik va etibor tufayli, jamoamiz shunday yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. SHu o'rinda klubimiz menedjeri Nodir Norqulovich Xalilovga ham tashakkur bildirib qolamiz. Zero, bunday jonkuyar va mehribon rahbarlarimiz bor ekan. Murabbiylarimiz va futbolchilarimiz g'alabalar va zafarlar uchun bor kuch va  mahoratlarini ishga solaveradi. Rahmat SIZlarga!

Bugun jamoamizga sidqidildan muxlislik qilgan, futbol ishqibozlariga ham o'z tashakkurlarimizni bildirib qolamiz!

HAMMALARINGIZGA SUPERKUBOK MUBORAK BO'LSIN!

III O'zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 5:1 (2:1)
17.04.2017. “JAR” stadioni. Soat 14:00da
Bosh hakam:
Edita Mirobidova (Toshkent)
Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Buxoro), Zilola Rahmatova (Qarshi)
Zaxira hakami: Anna Sidorova (Toshkent)
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent)
O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.
Gollar: Nilufar Qudratova, 40′-1:1, 60′-3:1,  Malika Burxanova, 44′-2:1, 61′-4:1, SHaxzoda Jamolova, 69′-5:1 – Feruza Turdiboeva (pen.), 3′-0:1
“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 8.Kamola Riskieva (s), 9.Maftuna SHoyimova, 11.SHaxzoda Jamolova, 17.Tanzilya Zarbieva, 18.SHaxnoza SHakirova, 20.Sevara Normurodova (3.SHoira Qulto'raeva 56), 23.Maftuna Panjieva,27.Ilvina Ablyakimova (15.SHaxnoza Qurbanova 40), 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova.
Zaxira: 16.Maftuna Jonimqulova, , 6.Feruza Boboxo'jaeva, 7.Oliya Axmedova, 21.So'g'diyona Allamurodova.
“Metallurg W”: 16.Gulandon Boymatova, 3.Zumratjon Nazarova, 6.Irodaxon Turdalieva (77.Nozima Kamoltoeva 46), 7.Maxfuza Turapova, 9.Mahliyo Sarikova (s), 10.Feruza Turdiboeva, 11.Dildora Nozimova, 17.Lyumila Karachik, 18.Yulduz Nabieva 4.Nasiba Xojieva , 21.Xolida Dadaboeva, 22.Mavluda Munavarova.
Zaxira: 30.Ziyoda Irisboeva, 20.Lutfiniso Xamidova, 23.Diyora Xabibullaeva, 25.Diyora Erkinova.
Ogohlantirish: Kamola Riskieva 38, SHaxnoza SHakirova 83.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика