Ayollar futboli. Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralashiga qura tashlandi. O'zbekiston raqiblarini bilib oldi
12 jan 2023 12:47
Yangiliklar


Ayollar futboli. Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralashiga qura tashlandi. O'zbekiston raqiblarini bilib oldi
Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralash o'yinlariga qura tashlandi.
Bugun Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha Osiyo mintaqasi 1-bosqichi saralash o'yinlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi. Raqiblar – Iordaniya, Timor Leste va Butan.
Ikkinchi bosqichga faqat guruh g'oliblari yo'l oladi. Ular Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Avstraliya va KXDR qatoriga qo'shiladi.
Birinchi bosqich uchrashuvlari aprelda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar