So’nggi yangiliklar

10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  4 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  10

Ayollar futboli. “Neftchi” ayollar jamoasi o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Neftchi” ayollar jamoasi o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati 11-turida “Neftchi” ayollar jamoasi o'z maydonida “Paxtakor” ayollar jamosini qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim boshidanoq mezbonlar darvozasi yaqinida xavfli vaziyatlarni sodir etayotgan “Paxtakor” ayollar jamoasi 9-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda qanotdan uzatib berilgan to'pni mehmonlarning 77-raqamli futbolchisi Durdona Baxtiyorova chiroyli tarzda darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng “Neftchi” ayollar jamoasi vakillari ham hujumkorlikni oshirishdi. Birinchi bo'lim so'ngiga qadar har ikki jamoa azolarida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'lim maydon egalarining faol hujumlari bilan boshlandi. Biroq uchrashuvdagi ikkinchi golni ham “Paxtakor” ayollar jamoasi vakillari kiritishdi. 55-daqiqada mehmonlarning 10-raqamli futbolchisi Dinara Tagirova “Neftchi” ayollar jamoasi darvozasini ishg'ol etib, hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Uchrashuvning 77-daqiqasida mezbonlarda “Paxtakor” ayollar jamoasini darvozasini ishg'ol etish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, bu vaziyatda mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi Feruza Jo'raboevaning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi bir oz noaniq bo'ldi. Uchrashuv yakunlanib borayotgan pallada bosh hakam Temur To'xtasinov qoidabuzarlik qayd etib, “Neftchi” ayollar jamoasi darvozasi tomon penalti belgiladi. Belgilangan penaltini mehmonlarning 13-raqamli futbolchisi Sema Lidiya ijro etdi. Uning yo'llagan zarbasini dastlab “Neftchi” ayollar jamoasi posboni qaytarib qoldi, biroq qaytgan to'pga yana o'sha Lidiya zarba berib, jamoasining uchinchi golini kiritdi. Uchrashuv shu tariqa “Paxtakor” ayollar jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati.
11-tur
“Neftchi” W – “Paxtakor” W 0:3 (0:1)
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Ziyodullo Abduraxmonov, Anvar Marajabov, Ravshan Kopadze
Nazoratchi– Fayzullo Hasanov
Komissar– Akmal Karabaev
Gollar: Dinara Baxtiyorova 9, (0:1), Dinara Tagirova 55 (0:2), Sema Lidiya 90 ( 0:3)
Amalga oshirilmagan penalti: Sema Lidiya 90 (darvozabon)
"Neftchi"W: 1.Mavluda Xo'jaeva, 6.Madino Marufjonova, 7.Umida Umarova, 9.Sitora Nishonova, 10.Feruza Jo'raboeva, 15.Dilnoza Karimova, 17.Xilola Obidjonova, 18.Odina Berdieva, 19.Qizlarxon Ibroximova, 20.Muxlisa Otaqo'zieva, 21.CHaros G'anieva.
Zaxira: 12.Oygul Musaeva , 2.Madina Yusupova, 5.Mastura Abdurahimova, 11.Munisa Nuritdinova, 13.Adiba Omonova, 22. Dilbarxon Mazaripova
"Paxtakor"W: 1.Dilorom To'lanova , 3.Kristina CHunakova, 7.Madina Xikmatova, 8.Ro'zixon Asqarova, 10.Dinara Tagirova, 11.Madina Voxidova, 13.Sema Lidiya, 14.Yulduz Xamdamova, 20.Marjona Abdusattorova, 77.Durdona Baxtiyorova, 88.Malika Xalilova.
Zaxira:16.Nilufar Baxtiyorova, 5.Madina Abduraimova, 9.Gulmira Devyakova, 21.Urie Nasibullaeva, 23. Oybarchin Turgunova, 70. Kamola Erkinova

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика