So’nggi yangiliklar

20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  3 20:10Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  6 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  8 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  2 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  9 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  6 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  4 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  6 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1

Ayman Al Hakim: "O'zbekiston ushbu bosqichdagi eng kuchli jamoalardan biri" Yangiliklar

Ayman Al Hakim: "O'zbekiston ushbu bosqichdagi eng kuchli jamoalardan biri"

O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Ayman Al Hakim qatnashdi.

“Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. CHunki O'zbekiston terma jamoasi kuchli raqib. Ertangi bahs biz uchun katta sinov bo'ladi. SHunga qaramay biz bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Sababi bu bosqichdagi har bir o'yin, har bir ochko jamoalar uchun o'ta muhim”, - deydi bosh murabbiy.

"Albatta ertaga katta o'yin kutib turibdi. Biz uchun bu bosqich katta sinov. Mamlakatimizda yuzaga kelgan siyosiy qiyinchiliklar tufayli ertaga g'alaba qozonishga urinamiz", - deydi jamoa sardori Abdulrazzoq Hussayin.


- Suriya terma jamoasi oxirgi 5 oy ichida o'zgardimi?

- Agar oxirgi oylarni inobatga olsak. Jamoaga bir ikki yangi futbolchilar qo'shildi. Ammo Suriya terma jamoasining o'zagi o'zgarmadi. Uchinchi bosqichda biz yangi kuchlar bilan o'ynashimiz kerak bo'ladi. Raqiblar juda kuchli.


- Suriya o'tgan bosqichda Singapur bilan o'yinlarda kichik hisoblarda g'alaba qozongandi. Kambodja va Afg'oniston esa yirik hisoblarda mag'lub etildi.

- Singapurga qarshi o'yinlardan oldin biz qiyin sharoitlarda tayyorgarlik ko'rgandik. Afg'oniston esa biz bilan o'yinga shunday vaziyatda tayyorgarlik ko'rgandi.


- Suriya bir necha kun oldin Tojikiston bilan o'ynadi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. O'sha o'yinda himochilar harakatidan qoniqdingizmi? Ertaga ular maydonga tushadimi?

- Biz Tojikiston terma jamoasini hurmat qilamiz. Lekin bu jamoa O'zbekiston, Yaponiya yoki Koreya bilan teng emas. Bu o'yinda biz yangi nomlarni sinovdan o'tkazdik. Har bir o'yinga alohida tarkib bilan tayyorgarlik ko'ramiz. O'sha o'yindagi futbolchilar ertaga ham maydonga tushadi demagan bo'lardim.


- Tojikiston bilan o'yinda O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan oldin himoyadagi harakatlarni sinovdan o'tkazdingizmi?

-  Bu faqatgina o'rtoqlik uchrashuvi edi. Rasmiy o'yin va o'rtoqlik uchrashuvi o'rtasida katta farq bor. Tojikistonga yutqazsak ham xafa bo'lmasdik. Biz O'zbekiston bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rdik.


- Ertaga O'zbekiston favoritmi?

- Albatta futbolda qog'ozda favorit degan tushuncha bor. Lekin futbolda oldindan hech qachon natijani oldindan taxmin qilib bo'lmaydi.


- Suriya uy o'yinlarini Makaoda o'tkazadigan bo'ldi. Makao Xitoyga yaqin mamlakat. Xitoy guruhimizdan bor. Bu taklif kimdan chiqdi?

- Oxirgi uch oy ichida biz uy o'yinlarini qaerda o'tkazish borasida muammoga uchrab kelayotgandik. 10 kun oldin Makaodan xat keldi va shu erda o'ynashga qaror qildik. Biroq so'nggi kunlarda u erda ham o'ynamasligimiz mumkinligi haqida xabarlar chiqdi.


- Suriyada Umar Xarbin kabi yosh iqtidorlar bor. Lekin futbolchilar asosan o'rtamiyona klublarda o'ynashmoqda...

Abdulrazzoq Hussayin: - Balki bu mamlakatimizdagi notinch vaziyat tufayli bo'lishi mumkin. Oldin Evropada o'ynagan futbolchilar bor edi. Hozir ham Saudiya Arabistonida o'ynaydigan futbolchilar bor. Futbolchilar oilasini o'ylab Suriyaning o'zida yoki unga yaqin mamlakatlarda o'ynashga qaror qilishmoqda.


- O'zbekiston safida qaysi futbolchilarni xavfli deb hisoblaysiz?

- Bu juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bu bitta yoki ikki futbolchidan iborat emas. Bu jamoa sifatida kuchli hisoblanadi. O'zbekiston ushbu bosqichdagi eng kuchli jamoalardan biri.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика