"Ayaks" navbatdagi rekordni o'rnatdi
24 apr 2019 02:10
Yangiliklar


"Ayaks" navbatdagi rekordni o'rnatdi
Gollandiya chempionatining 32-turida musobaqa peshqadami Ayaks o'z uyida Vitess bilan to'qnash kelib, 4:2 hisobida g'alabaga erishdi.
Amsterdamliklar mazkur uchrashuvda mavsumdagi 160-golini urdi. Ushbu natija Gollandiya futboli tarixidagi eng yaxshisi hisoblanadi. Bundan oldingi rekord 1981/82 yilgi mavsumda AZ tomonidan qayd etilgandi. O'shanda ular 158ta gol urishga muvaffaq bo'lishgan.
«Ayaks» joriy mavsumdagi gollarining 111tasini chempionatda, 32tasini ECHLda va 17tasini mamlakat kubogida kiritgan. Erik ten Xag shogirdlari ushbu mavsumni oltin xet-trik bilan yakunlash imkoniyatiga ega bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar