So’nggi yangiliklar

02:34Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" қийинчиликсиз ярим финалга йўл олди  11 02:10Финал: "Барселона" - "Реал" 2:2 (матнли трансляция)  114 00:38"Бавария" футболчисини 40-50 миллионга сотмоқчи  0 00:16Сиссе "Реал" ва ҳакамлар танқиди ҳақида: "Улар "Барса"дан қўрқишади ва ўзларини оқлаш учун баҳона қидиришади. Бу мағлубият учун тактикадир"  9 23:48"Барселона" — "Реал". Испания кубоги финали учун таркиблар маълум  22 23:32РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Спартак"ни мағлуб этди, Файзуллаев 72 дақиқа ўйнади  18 23:14Англия кубоги. "Кристал Пэлас" "Астон Вилла"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, финалга йўл олди. Лондонликлар финалда "Ноттингем Форест" — "Ман Сити" жуфтлиги ғолиби билан бош соврин учун баҳс олиб боради  5 23:00Рафинья Саудия Арабистонидан келган таклиф ҳақида: "Мен уни ўтган йили қабул қилган бўлардим. Ўшанда руҳан эзилган эдим, бу пуллар эса оилам ҳаётини бутунлай ўзгартириб юборган бўларди"  2 22:23Ҳаким Фузайлов: "VAR тизими кечикаётгани туфайли, тахминан июнь ойларида Урганчга қайтамиз"  0 22:14Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Андижон" устидан зафар қучди  58 22:02"Челси", "Интер Майами" ва "Комо" Де Брюйне билан музокара ўтказмаяпти. "Сити" хавбекига "Чикаго Файр"дан таклиф бор  0 21:40Сергей Лебедев: "Таркибда ротацияларни амалга ошириб турамиз"  2 21:31Эрон кубоги. "Истиқлол" пенальтидан урилган гол эвазига "Пайкон"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди, Машарипов 90 дақиқа ўйнади  1 21:24Айбек Нурбаев: "Тақвим зич, 7 кундан буён сафардамиз"  2 21:00Суперлига. Ўз уйида меҳмон бўлган "Сурхон" "Машъал" билан дуранг ўйнади  13

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi Trevor Morgan: "Hamma narsaga tayyormiz" Yangiliklar

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi Trevor Morgan: "Hamma narsaga tayyormiz"

U-23 Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan Avstraliya - Quvayt uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanning birinchi qismida Avstraliya U-23 bosh murabbiyi Treyse Morgan va futbolchi Treyse Frankois  qatnashdi. 

"Avvalambor biz Osiyo kubogi orqali Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olganimizdan juda ham xursandmiz. Bunday katta musobaqalar o'zlarini ko'rsatishlari uchun juda ham katta imkoniyat. Fursatdan foydalanib shu turnirga etib kelgan barcha terma jamoalarini tabriklayman, chunki koronavirus qiyinchiliklari deb biz bu turnirga yo'llanma olishga juda xam qiynaldik. Yana aytib o'taman biz bu turnirda qatnashayotganimizda juda xam xursandmiz va g'alaba ga chanqoqmiz",- deydi murabbiy.

"Juda xam hayajondamiz jamoalar kuchli va biz bu turnirga katta tajriba tuplashimizga ishonaman",- deydi Treyse Frankois

- Ko'rinib turibdiki, musobaqadagi jamoalar kuchli. G'alabaga qanday yondoshmoqchisiz?

- Bunga oddiy javob beraman. Biz har doim bor etiborimizni bitta o'yinga qaratamiz va maksimal o'sishga intilamiz. Takidlab o'tganimdek, bu turnirga yo'llanma olishimiz juda ham qiyin kechdi. O'tgan yilgiga qaraganda uyinimiz o'zgardi. Hozir bor etiborimizni birinchi o'yinga qaratamiz va "progress" qilishga harakat qilamiz.

- Yurtimiz haqida fikringiz qanday? Jamoangizning ertangi o'yindagi va umuman guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?  

- O'zbekistonda birinchi marta bo'lib turishim va Osiyodagi mashhur mamlakatlardan biri. Bizni juda ham ajoyib kutib olishdi va qisqa muddatli mashg'ulot o'tqazishga ham ulgurdik. Guruh haqida gapiradigan bo'lsam, biz o'zimizni qiynab jonimizni berishimiz va turnirni davom ettirishimiz kerak. CHunki bu bizning mentalitetimiz.  O'ylashimcha, bu turnirga har bir jamoa aniq maqsadlar bilan etib kelgan.

- Jamoangizdan kelajakda terma jamoangizga o'yinchilar etishib chiqishi mumkin. Terma jamoa selekcionerlari oldida o'zingizni ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblaysizmi?

- Albatta bu turnir terma jamoaga qo'shilish uchun juda ham zo'r imkoniyat. Biz bu borada milliy terma jamoaga Jahon chempionatida yordam bermoqchimiz?

- Yurtimizdagi ob-havo sizga maqulmi?

- Ajoyib, Avstraliyada ko'p o'yinlarimiz issiq havoda bo'lib o'tadi. Ligamiz yozda bo'lib o'tadi. O'yinchilarimiz ob-havo sharoitlarini tushuni turishibdi, degan umiddaman. Biz issiqmi, sovuqmi hamma narsaga tayyormiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика