"Atletiko"da koronavirus avj olishda davom etmoqda
04 fev 2021 16:04
Yangiliklar


"Atletiko"da koronavirus avj olishda davom etmoqda
"Atletiko" forvardi Mussa Dembele koronavirusga musbat test topshirdi.
Bu haqda Madrid klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. 24 yoshli franciyalik hujumchi izolyaciyaga yo'l oldi.
Bunga qadar "Atletiko"ning 3 nafar asosiy tarkib futbolchilar kasallangandi: Joau Feliks, Yannik-Ferreyra Karrasko va Mario Ermoso.
Qayd etish kerakki, "matraschilar" safiga qishki transferlar oynasida kelib qo'shilgan futbolchi hali debyut o'yinini o'tkazib ulgurmadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" La Ligada eng yaqin taqibchisidan 10 ochko farq bilan oldinda bormoqda, Diego Simeone jamoasida shuningdek 1ta zaxira o'yini ham mavjud.
Our striker @MDembele_10 has tested positive for COVID-19.
— Atlético de Madrid (@atletienglish) February 4, 2021
He’s isolating at home, in compliance with the health authorities’ guidelines and the @LaLigaEN protocols.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar