"Atletiko" yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
08 iyu 2019 18:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/505561_original.jpg)
![](/upload/storage/505561_220.jpg)
"Atletiko" yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
"Atletiko" futbolchini yana bir sotib olishga urinib ko'radi. Qayd etish kerakki, madridliklar o'tgan yili ham futbolchi uchun harakat qilib ko'rishgan.
23 yoshli futbolchi faoliyatini "Betis"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi. "Betis" uni 2017 yilda "Elche"ga ijara bergan.
2018 yilda esa "Napoli" futbolchini sotib olgan edi.
Yarim himoyachi yaqinda yakunlangan 21 yoshgacha bo'lgan Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar