"Al Nassr" Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2025, 15:09
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi Ispaniya terma jamoasi va PSJ futbolchisi Fabian Ruis transferini rasmiylashtirmoqchi.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra,  PSJ yarim himoyachisi klubning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, "Al Nassr" hali parijliklarga rasmiy transfer taklifini jo'natgani yo'q.

Avvalroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Ruisni "Oltin to'p"ga da'vogarlardan biri deb atagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano