“Atletiko” yanvarda “Arsenal” yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
24 dek 2020 21:40
Yangiliklar


“Atletiko” yanvarda “Arsenal” yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
“To'pchilar” azosi Ensli Meytlend-Naylz qishki transfer oynasida La Ligaga yo'l olishi mumkin.
U ijara asosida “Atletiko”ga o'tishi kutilmoqda. Madridliklar futbolchini Kiran Tripperga alternativ variant sifatida ko'rmoqda. Tripper pul tikish bilan bog'liq qoidalarni buzgani uchun 10 haftaga diskvalifikaciya qilingandi. Meytlend-Naylz o'ng qanot himoyachisi sifatida ham o'ynashi mumkin.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum londonliklar libosida 17 o'yinda maydonga tushib, 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar