“Atletiko” sobiq futbolchisi vafot etdi
30 mar 2020 08:19
Yangiliklar
Xose Luis Kapon 72 yoshida dunyo bilan xayrlashdi. Xabarlarga ko'ra, madridliklar sobiq himoyachisi koronavirusdan vafot etgan. Biroq bu boradagi malumot hali rasman tasdiqlanganicha yo'q. Kapon “Atletiko” safida La Liga doirasida 200 ta o'yin o'tkazgan. Ikki bor mamlakat chempioni bo'lgan. Bir marta Ispaniya Kubogida g'olib chiqqan va Qitalararo kubok g'olibiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
20:41
"Atletiko" tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Klub uch hujumchisini sotishga tayyor 2
Fikrlar