"Atletiko" sardori Superkubok finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
10 yanv 2020, 16:12
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "matraschilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Madridliklar sardori Superkubok yarim finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Eslatib o'tamiz, ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Koke gol urdi va 72 daqiqada almashtirildi.

"Real" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi Ispaniya Superkubok final o'yini 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com