"Atletiko" prezidenti: "Doim Suaresning Evropadagi eng yaxshi markaziy forvard ekanligini bilardik"
25 jan 2021 13:22
Yangiliklar


"Atletiko" prezidenti: "Doim Suaresning Evropadagi eng yaxshi markaziy forvard ekanligini bilardik"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Valensiya" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng jamoaning La Ligadagi ehtimoliy chempionligi va forvard Luis Suaresni baholadi.
"CHempionatni yutish ham, yutqazish ham mumkin. Hozir mavsumning o'rtasi va oldinda uzoq yo'l bor. Biz etakchilik qilmoqdamiz, ammo oldinda ko'plab o'yinlar bor.
Mavsum so'nggida 3ta o'yin qolganda, men chempionligimiz haqida gapirishim mumkin. Bizda kuchli jamoa bor va bu keyingi o'yinlar oldidan o'zimizga bo'lgan ishonchimizni taminlaydi. O'yinchilar ulardan talab qilinayotgan narsalarni bilishadi, biz gol uramiz va g'alaba qozonamiz.
Luis Suaresning o'yinlariga kelsak, biz doim uni Evropadagi eng yaxshi markaziy forvard ekanlini bilardik. Uning hozirda biz bilan ekanligi omadimiz, biz barchamiz baxtlimiz", - deydi Sereso.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar