"Atletiko" posboni Ispaniyada tengsiz bo'ldi
21 may 2018 08:21
Yangiliklar


"Atletiko" posboni Ispaniyada tengsiz bo'ldi
Ispaniya chempionatida navbatdagi mavsum o'z nihoyasiga etdi.
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak ketma-ket uchinchi mavsum Ispaniya chempionatida eng kam gol o'tkazib "Rikardo Samora" sovriniga ega chiqdi. Ushbu sovrin mavsum davomida kamida 28ta o'yinda ishtirok etgan va eng kam gol o'tkazib yuborgan darvozabonga taqdim etiladi.
Oblak bu mavum 37ta uchrashuvda 22ta gol o'tkazib yubordi xolos.
Etiborlisi o'tgan ikki mavsumda ham aynan Oblak ushbu sovringa ega chiqqandi.
"Atletiko" chempionatda 79 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar