"Atletiko" Parti bilan tovon puli 100 mln evroga teng yangi shartnoma imzolamoqchi
28 mar 2020 15:34
Yangiliklar
"Atletiko" Parti bilan tovon puli 100 mln evroga teng yangi shartnoma imzolamoqchi
"Atletiko" yarim himoyachi Tomas Partiga yangi shartnoma taklif qildi.
Madridliklar yaqin haftalarda xavbekning roziligini olishni kutishmoqda. Klub rahbariyati yozgi transferlar oynasi koronavirus epidemiyasi tufayli odatdagidek bo'lmasligini va potencial xaridorlarni qochirish uchun futbolchi uchun tovon pulini 100 million evroga chiqarishni xohlashmoqda.
Partining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning tovon puli 50 million evroni tashkil etadi.
"Atletiko"ning ganalik tarbiyalanuvchisi joriy mavsum La Ligada 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
17:03
Evropa Ligasi yangi mavsumiga qura tashlandi: MYU "Portu" bilan, "Tottenxem" "Roma" bilan o'ynaydi 3
Fikrlar