"Atletiko" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
05 avg 2021 11:47
Yangiliklar
"Atletiko" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Madridning "Atletiko" klubi qiziqishlari doirasida.
"Matraschilar"ning 26 yoshli futbolchining xaridi borasida shartnoma tayyorlashayotgani malum. Bunga sabab shuki, "shaharliklar" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish bilan shartnoma imzolashga yaqinlar.
Angliyalik kelsa, Silva katta ehtimol bilan ketadi. "Siti" futbolchini 60-70 million evrodan kamiga qo'yib yuborishi qiyin masala.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar