“Atletiko Madrid”ning ikki asosiy futbolchisi safga qaytdi
10 dek 2018 08:58
Yangiliklar
“Atletiko Madrid”ning ikki asosiy futbolchisi safga qaytdi
“Matraschilar”ning ikki futbolchisi jarohatidan tuzaldi.
Diego Godin hamda Felipe Luis jarohatidan tuzalib safga qaytdi. Ikkala futbolchi ham jamoasining kechagi mashg'ulotlarida umumiy guruh bilan birga shug'ullangan. Endi ular ECHL 6-turida “Bryugge”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Malumot uchun, 32 yoshli Godin joriy mavsum La Ligada 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. 33 yoshli Luis esa 12 ta o'yinda qatnashib 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar