“Atletiko” Kavaniga shartnoma taklif qildi
29 apr 2020 07:06
Yangiliklar
Italiyalik taniqli jurnalist Nikola Skira xabariga ko'ra, Madridning “Atletiko” klubi PSJ hujumchisi Edinson Kavaniga 3 yillik bitim taklif qilgan. Futbolchi iyunda erkin agentga aylanadi va “matraschilar” bilan shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Kavani jamoani tark etadi, Diego Kosta o'rnini egallaydi.
Kavani joriy mavsum Liga 1 doirasida 14 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar