"Atletiko" futbolchisi faoliyatini qaysi klubda yakunlashni xohlayotganini aytdi

Alisher
18 mar 2020, 12:18
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini qaysi klubda yakunlashni xohlayotganini aytdi.

Kiranning so'zlariga ko'ra, u futbolchilik faoliyatini Angliyaning "Byornli" jamoasida yakunlamoqchi.

Eslatib o'tamiz, Tripper "Tottenxem"ga qadar "Byornli" sharafini himoya qilgan. U "Atletiko"da 2019 yilning yozidan beri o'ynaydi.

Kiran shuningdek Madridda yana kamida 2 mavsum qolishni rejalashtirayotganini ham qo'shimcha qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk