"Atletiko" direktori koronavirus tufayli yozgi transferlar oynasini bekor qilishni taklif etdi
28 mar 2020 13:32
Yangiliklar
"Atletiko" direktori koronavirus tufayli yozgi transferlar oynasini bekor qilishni taklif etdi
"Atletiko" sport direktori Andrea Berta koronavirus tufayli bu yilgi yozgi transferlar oynasini bekor qilish g'oyasini ilgari surdi.
"Menimcha, yozgi transferlar oynasini bekor qilish mumkin, sababi u chempionatning tugashi bilan kesishishi kerak edi. Barcha klublar hozirgi tarkibda yanvardagi transferlar oynasi ochilgunga qadar qolishardi.
Klublar shunda inqirozning oqibatlarini va investiciyalarning mohiyatini tushunishlari mumkin bo'lardi.
Ammo, undan oldin mavsumni boshlash uchun imkoniyatni va xavfsiz muddatni aniqlab olish kerak", - deydi Berta.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Atletiko" va "Barselona" klublari koronavirus tufayli kelayotgan zararlarni kamaytirish uchun maoshlarni kamaytirishgan edi. Katta ehtimol bilan boshqa klublarda ham tez orada bunday jarayon kuzatiladi.
Fikrlar