"Atletiko" darvozaboni "Lill"ga o'tishi mumkin
07 avg 2021 10:17
Yangiliklar
"Atletiko" darvozaboni "Lill"ga o'tishi mumkin
Darvozabon Ivo Grbich yozda "Atletiko"dan "Lill"ga o'tishi mumkin.
Franciya klubi 25 yoshli xorvatiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Lill"ning asosiy darvozaboni Mayk Menyan ushbu yozda "Milan"ga 13 million evro evaziga o'tgan edi.
Grbich 2020/21 yilgi mavsum 1ta o'yinda maydonga tushdi va gol o'tkazib yubormadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Ivoni 2020 yilda Xorvatiyaning "Lokomotiv" klubidan xarid qilgan edi.
Fikrlar