“Atletiko” akademiyasining 14 yoshli tarbiyalanuvchisi vafot etdi
28 mar 2020 20:00
Yangiliklar
“Atletiko” akademiyasining 14 yoshli tarbiyalanuvchisi vafot etdi
Bu haqda klub rasmiy sayti malum qildi.
“Matraschilar” maktabining 14 yoshli futbolchisi Kristian Mincholo olamdan ko'z yumdi. Uning o'limi sabablari esa oshkor qilinmagan.
“Futbolchimizning vafoti to'g'risidagi xabarni bilganimzdan keyin shokka tushdik va bu yo'qotishdan chuqur afsusdamiz. “Atletiko” ushbu juda ham og'ir paytda Kristian oilasi bilan birga bo'ladi“, degan madridliklar prezidenti Enrike Sereso.
Malum bo'lishicha, Mincholo o'z yosh toifasidagi jamoaning sardorlaridan biri bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
17:03
Evropa Ligasi yangi mavsumiga qura tashlandi: MYU "Portu" bilan, "Tottenxem" "Roma" bilan o'ynaydi 3
Fikrlar