"Atlanta"dan istefoga chiqarilgan Xaynce futbolchilarga ko'p suv ichishga ruxsat bermaganmidi?
20 iyu 2021 19:08
Yangiliklar
"Atlanta"dan istefoga chiqarilgan Xaynce futbolchilarga ko'p suv ichishga ruxsat bermaganmidi?
Xabaringiz bor, kuni kecha argentinalik mutaxassis Gabriel Xaynce "Atlanta" bosh murabbiyligidan bo'shatildi.
Aytilishicha, bunga boshqaruv bilan bog'lik bir nechta sabablar bor.
"Klub uchun to'g'ri qarorga keldik. Xaynce — shubhasiz, o'z qarashlariga ega iqtidorli murabbiy. Biz unga kelgusida omad tilaymiz", – deyiladi klub bayonotida.
Malumotlarga qaraganda, MLS futbolchilar associaciyasi "Atlanta" o'yinchilari nomidan ligaga shikoyat qilgan. Murabbiy mavsumoldi yig'inda o'yinchilarga ko'p suv ichishni taqiqlagan, hatto vaziyatga shifokorlar aralashishiga to'g'ri kelgan. SHuningdek, Xaynce futbolchilarga tatil berishni xohlamagan, har qanday holatda uning qo'ng'iroqlariga javob berishlarini va mashg'ulotlarga etib kelishlarini talab qilgan.
Fikrlar