"Atalanta" "Lill" himoyachisining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
22 iyu 2021 09:00
Yangiliklar
"Atalanta" "Lill" himoyachisining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
"Lill" himoyachisi Sven Botman yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, niderlandiyalikni "Atalanta" o'z safida ko'rishni xohlamoqda va himoyachining transferi borasida hoziroq kelishishni istamoqda.
Qayd etish kerakki, Botman Italiya klubining bosh transfer maqsadidir. 21 yoshli himoyachi "Lill" tarkibida o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydongat ushib, 1ta assist qayd etdi.
"Ayaks" tarbiyalanuvchisining francuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar