"Atalanta" futbolchisini "Tottenxem"ga sotishga rozi bo'ldi
01 avg 2021 10:17
Yangiliklar
"Atalanta" futbolchisini "Tottenxem"ga sotishga rozi bo'ldi
"Atalanta" himoyachisi Kristian Romero faoliyatini APLda davom ettiradi.
"TyC Sports" xabariga ko'ra, "Tottenxem" futbolchi uchun 50 million evro hamda bonuslar sifatida 5 mln evro vada qilgan. Bergamoliklar esa buni qabul qilgan.
Oldinroq "shporlar" argentinalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgani borasida malumotlar berilgandi.
O'tgan mavsumda 23 yoshli fullbek 31 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi.
Fikrlar